Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Bektemir va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlariga 1-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Sergeli tumani (10:00 dan 16:00 gacha): “Qumariq"  MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 456 ta yerli xonadonlar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta

Bektemir tumani (10:00 dan 14:00 gacha): “Oltintopgan”  MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 320 ta yerli xonadon 
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta

Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “2-Charx Kamolon” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 184 ta yerli xonadon, 6 ta ko′p qavatli uylar
  • Ulgurji iste‘molchilar soni 7 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling