Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning to‘rtta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Bektemir, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining quyidagi hududlariga 2-may kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Qumariq”, “Ko‘xna Qumariq” MFYlari va Sergeli 7-mavze

  • Aholi xonadonlar soni: 1393 ta
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 19 ta

Sergeli tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Nomdanak” va “Istiqlol” MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 800 ta
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta

Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Bektemir” MFY

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 310 ta
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Olmazor tumani (10:30 dan 18:00 gacha): “Xastimom” va “Hazrati Imom” MFYlari

  • Aholi xonadonlari soni: 275 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

Shayxontohur tumani (10:30 dan 18:00 gacha): “Gulbozor” MFY

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 80 ta yerli xonadon, 54 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 13 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling