Ta‘mirlash ishlari tufayli 24-oktabr kuni Sergeli va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
- Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) – “Sultonobod" va “Xontepa” MFY;
- Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) – “Bekto‘pi” va “Al-Xorazmiy” MFY.
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.