Toshkentning ikkita tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin

Toshkent shahrining Sergeli hamda Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida 15-mart kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga Sergeli va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taminlovchi 110/35/10 kV kuchlanishli “Teplichnaya” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.

Sergeli tumanining: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, «Eski Jaloyir», «Ko‘hna qumariq», “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat”, “Shukrona”, “Xalqobod”, “Madaniyat”, “Qushqorgon”, “Asrobod”, “Eshonbuloq”, “Xalqobod”, “Madaniyat”, “Birdamlik”  hamda “Kengmakon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Mirobod tumanining: “Parvona”, “Fayzobod”, “Baratxodja”, “Ziyonur”, “Bilimdon”, “Yuksalish”, «Yangi Qo‘yliq», “Tolariq”, “Chinor”, «Qo‘yliq ota» va “Bayot” MFYlarining ayrim hududlarida.

Mazkur hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling