Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Mirobod va Olmazor tumanlarining quyidagi hududlariga 12-iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Daryo bo‘yi" MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 658 ta yerli xonadon
  • Ulgurji iste‘molchilar: 5ta

Mirobod tumani (15:00 dan 17:00 gacha): “Mehrjon" markaziy ko‘chasi

  • Aholi xonadonlar soni: 2 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta

Olmazor tumani (10:30 dan 18:00 gacha): “Jiydali” MFY

  • Aholi isteʼmolchilar soni: 26 ta yerli xonadon, 16 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling