Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikkita tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining quyidagi hududlariga 28-may kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Nomdanak”, “Izzatli” va "Keng Makon" MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 329 ta
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 11 ta

Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Darxon” MFY

  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling