Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikki tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 26-sentyabr kuni Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) – “Xonobodtepa", “Qumariq” va “Asrabod” MFYlari

Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha) – “Geofizika”, “Geologlar” (Taraqqiyot) va “Jasorat” MFYlari

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling