Toshkentda 29-aprel kuni kamida uchta YTH sodir bo‘ldi

Holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahrining Sergeli tumani, Yangi Sergeli-Qipchoq ko‘chalari chorrahasida 29-aprel kuni soat 05:40 larda haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Cobalt va 1986-yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi Skuter o‘zaro to‘qnashdi.

Hodisa oqibatida Skuter haydovchisi va yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mirzo Ulug‘bek tumani Movarounnaxr-Mahamad Gandi ko‘chalari chorrahasida 29-aprel kuni soat 22:30 larda 1976-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Cobalt hamda 2001-yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi Li Xiang avtomashinalari to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Cobalt‘ning 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida 29-aprel kuni soat 10:35 larda 2 ta BYD va 2 ta Malibu to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma‘sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling