Toshkentning ikkita tumanida gaz bosimi pasayadi, ayrim joylarda vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlarida 21-noyabr kuni aholi iste‘molchilarida tabiiy gaz bosimi vaqtincha pasayadi, ulgurji iste‘molchilarda gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

  • Sergeli tumani: “Nurhayot”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Daryo bo‘yi”, “Sofdil” va “So‘g‘diyona” MFYlari
  • Aholi xonadonlari soni: 124 ta ko‘p qavatli uy, 833 ta yerli xonadonda gaz bosimi pasayadi
  • Ulgurji iste‘molchilar soni: 71 ta
  • Yangihayot tumani: “Yo‘ldosh”, “Mash‘al”, “Yangi turmush”, “Tashabbus”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Toshkent” va “Fayzli” MFYlari
  • Aholi xonadonlari soni: 45 ta ko‘p qavatli uy, 899 ta yerli xonadonda gaz bosimi pasayadi
  • Ulgurji iste‘molchilar soni: 89 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling