Ta‘mirlash ishlari tufayli 10-oktabr kuni Sergeli tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
- Ushbu hududlar: “Uchuvchilar”, “Xonabod”, “Sultonobod” va “Eski Jaloyir” MFYlari (soat 10:00 dan 16:00 gacha).
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.