Toshkent shahrining Sergeli tumanida qonunbuzilish holati fosh etildi, deb xabar berdi “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Sergeli tumani Samo ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilgan holda tabiiy gaz tarmog‘iga rezina shlang orqali ulangan.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 440 mln 967 ming so‘mlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.