Toshkent shahrining Sergeli tumani, “Jaloyir” koʻchasi 18–19–20-aprel kunlari avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga koʻchada asfaltlashtirish ishlari olib borilishi sabab boʻladi.
Haydovchilarga boshqa aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etilgan.