Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning to‘rtta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli, Yangihayot, Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlariga 31-iyul kuni gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Ziyolilar”, “Ko‘hna Qumariq” va “Eski Jaloyir”  MFYlari

  • Aholi xonadonlar soni: 678 ta yerli xonadonlar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 8 ta

Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Fayzli”  MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 78 ta yerli xonadon 
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta

Uchtepa tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Zarafshon” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 4200 ta yerli xonadon, 2 ta ko‘p qavatli uylar
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 30 ta 

Chilonzor tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Novza” MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 17 ta ko′p qavatli uylar
  • Ulgurji iste‘molchilar soni 3 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling