Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Yangihayot, Bektemir, Yunusobod va Shayxontohur tumanlarining quyidagi hududlariga 19-iyun kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Mirzo Ulug‘bek tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Sho‘rtepa, Sh.Burxon, Sh.Burxon 1-berk, Charag‘on ko‘chalari
- Aholi xonadonlar soni: 253 ta yerli xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 11 ta
Sergeli tumani (10:00 dan 17:00 gacha): “Xonobod” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 175 ta yerli xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 1 ta
Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Yorqin hayot” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 8 ta ko‘p qavatli uy
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta
Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Gulbog‘” MFY
- Aholi isteʼmolchilar soni: 420 ta yerli xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 18 ta
Yunusobod tumani (10:00 dan 20:00 gacha): “Minor”, “U.Shirin” va “To‘raqo‘rg‘on” MFYlari
- Aholi isteʼmolchilar soni: 400 ta yerli xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta
Shayxontohur tumani (10:00 dan 20:00 gacha): KXAY ko‘chasi
- Aholi isteʼmolchilar soni: 5 ta ko‘p qavatli uy
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.