Serjio Rodriges dos Santos Braziliyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotgan dinamikasi muhokama qilindi.
"Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deyiladi xabarda.