Seul moon‘dagi kafelarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmagan.

Toshkentning Seul moon dam olish maskanida joylashgan ovqatlanish hududida 11-iyul kuni soat 09:43 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur xabarga asosan, yong‘in qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 09:47 da yetib borib, soat 09:49 da o‘rab olingan va soat 09:53 da to‘liq o‘chirilgan.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling