Adliya vazirligi tomonidan farg‘onalik shoir Ilhomjon Komilovga tegishli “Sevilmagan yor kerak menga” nomli she‘r xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan BHMning ikki baravari – 750 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.