Samarqandda 359 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Samarqand viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, “S.u.” MCHJ rahbari Sh.X. oʻziga tegishli klubda, “S.e.” MCHJ ish boshqaruvchisi R.X. ishlab chiqarish sexida elektr uskunalarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 359,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling