Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida korrupsion holatlar aniqlandi, deb xabar berdi DXX.
Maʼlum qilinishicha, Shahrisabz tumani FVB boshlig‘i 2 nafar fuqaroning iyul oyida FVVning Shahrisabz va Chiroqchi tumanlari bo‘limlarini kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismlariga haydovchi vazifasiga ishga qabul qilinganidan foydalanib, go‘yoki ularning ishga kirishlarida ko‘maklashganini ro‘kach qilib, 6 ming dollar talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs Shahrisabz tuman FVB maʼmuriy binosida so‘ralgan pul mablag‘idan 3,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Marg‘ilon shahar MMTB bosh mutaxassisi fuqaroga davlat xususiy sherikchilik asosida bog‘cha ochishi uchun vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berish evaziga xizmat xonasida 2 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.