Shahrisabz – Kitob yo‘nalishida 20 ta zamonaviy avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi

2025-yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.

Qashqadaryoda AsiaStar rusumli 20 dona avtobus Shahrisabz avtovokzali – Kitob shifoxonasi yo‘nalishida faoliyatini boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur yo‘nalishning umumiy masofasi 15,7 km ni tashkil etadi. Yo‘nalishdagi avtobuslar kuniga 20 ming nafar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.

2025-yil yakuniga qadar viloyatga yana 66 ta yangi avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling