Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ifloslanishiga qarshi reydlar doirasida somsa yopiladigan tandirlar ekskavatorlar bilan buzib tashlandi.
“Andijon viloyati hokimi topshirig‘iga asosan, Shahrixon tumanida havo ifloslanishining oldini olish hamda ekologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan tun-u kun reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Bugun erta tongdan havo ifloslanishiga sabab bo‘layotgan obyektlar faoliyati joyida o‘rganilib, talablarga javob bermayotgan umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarida faoliyatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rilmoqda”, – deyiladi tuman hokimligi xabarda.
Keyinroq esa hokimlikning Telegram-kanalidan bu xabar o‘chirib yuborildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi sifatida “haysan” berildi.
Bunday holatlarni takrorlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.