Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi 38 yoshli Z.A. yashash uyi hovlisida 153 tup kannabis ekib, parvarishlab kelganligi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari ushbu shaxs 22 kg 575 gramm og‘irlikdagi marixuanani saqlab kelgani maʼlum bo‘ldi.
Tadbir davomida ushbu giyohvand moddalar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.