Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi 12-dekabr kuni talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlab, ogʻir tan jarohati olgan. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Talaba qizga tibbiy yordam koʻrsatilganiga qaramasdan, qiz vafot etdi.
Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan.
Shuningdek, bunday holatlarning oldini olish maqsadida suitsidga qarshi profilaktika ishlarini kuchaytirish tavsiya etilgan.
Hozirda talabalar turar joylarida xavfsizlikni taʼminlash uchun maxsus qoidalar joriy etildi, kunlik nazorat va psixologik koʻmak yoʻlga qoʻyildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling