Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning uchta tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi

Taʼmirlash ishlari tufayli Shayxontohur, Olmazor va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga 13-mart kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Shayxontohur tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Taxtapul” MFYdagi 55 ta yerli xonadon, Nurafshon ko‘chasidagi 1 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 8 ta

Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

  • Aholi isteʼmolchilari soni: “Chiltig‘on” MFYdagi 806 ta yerli xonadon va 12 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

Sergeli tumani (11:00 dan 17:00 gacha):

  • Aholi isteʼmolchilari soni: Xonobodtepa 1-tor ko‘chasidagi 120 ta yerli xonadon va Sadoqat ko‘chasidagi 150 ta yerli xonadon
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling