Ta‘mirlash ishlari tufayli 3-dekabr kuni Toshkentning ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Cheklov soat 10:00 dan 18:00 gacha Shayxontohur va Olmazor tumanlariga amal qiladi.
Shayxontohur tumani aholi iste‘molchilari:
- Xuvaydo, Zafarobod, Tinchlik, Ilg‘or MFYlarida ko‘p qavatli uylar va yerli xonadonlar
- M-27 dagi ko‘p qavatli uylar va kottejlar
- M-26 dagi ko‘p qavatli uylar
- Chorsu mavzesidagi ko‘p qavatli uylar
- Ulgurji iste‘molchilar soni: 43 ta
Olmazor tumani aholi iste‘molchilari:
- Orzu, Quyosh, Chustiy MFYlaridagi yerli xonadon va ko‘p qavatli uylar
- Ulgurji iste‘molchilar soni: 35 ta
Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.