Toshkentning uchta tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 27-noyabr kuni Toshkent shahrining uchta tumanida tabiiy gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu hududlar:

  • Shayxontohur tumani (10:00 dan 18:00 gacha) – "Suzuk Ota" MFY
  • Sergeli tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) - “Xonobodtepa” MFY
  • Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha)— “Chortoq” MFY

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling