Toshkent shahrining Shayxontohur hamda Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida 11-aprel kuni elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga “Xadra” podstansiyasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab boʻladi.
- Shayxontohur tumani: “Gulbozor” MFYning ayrim hududlarida soat 08:00 dan 18:00 gacha;
- Olmazor tumani: “Zarhal”, “Hofiz Kohakiiy”, “Qoʻshtut”, “Eski shahar” hamda “Xasti Imom” MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00 dan 18:00 gacha.
Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.