Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentning ikkita tumaniga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Taʼmirlash ishlari tufayli Shayxontohur va Yunusobod tumanlariga 26-avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

Shayxontohur tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Labzak“ MFY

  • Aholi xonadonlar soni: 1200 ta yerli xonadon, 77 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 39 ta

Yunusobod tumani (10:00 dan 18:00 gacha)

  • Aholi xonadonlar soni: 1 ta ko‘p qavatli uy
  • Ulgurji iste‘molchilar soni 2 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling