Toshkentning ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

Ta‘mirlash ishlari tufayli 4-iyun kuni Toshkent shahrining ikkita tumanida gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.

Gaz ta‘minoti soat 10:00 dan 17:00 gacha to‘xtatiladi. Ushbu hududlar:

  • Shayxontohur tumani  “Labzak” MFY;
  • Yunusobod tumani “Matonat” MFY.

Ta‘mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta‘minoti qayta tiklanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling