Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasida 26-iyul kuni soat 01:05 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan B.B. Spark‘ni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, beton ustunga urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Shuningdek avtomashina ichida bo‘lgan yana 1 nafar yo‘lovchi – 2004-yilda tug‘ilgan A.J. ga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.