Toshkentdagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Toshkent shahrining Shayxontohur tumani, Iftihor koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uyda 27-mart kuni soat 12:06 da yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 12:10 da yetib borib, yongʻin soat 12:29 da qurshab olingan va soat 12:31 da oʻchirildi.

Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

Yangiliklar