Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.

Toshkentning Taras Shevchenko ko‘chasida ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Cheklov 4-iyun soat 06:00 dan 8-iyun soat 07:00 gacha amal qiladi. Ushbu hududlar:

  • Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
  • Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha.

Ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling