Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Farg‘onada tadbirkorga shifoxona hududida dorixona qurish uchun yer ajratib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona viloyatida tadbirkorga shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer ajratib berishi evaziga 50 ming dollar olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bag‘dod tumanida fuqaro B.S. “B.F.” xususiy korxonasi rahbari S.N. ga tumanning Guliston massivida yangi qurilayotgan markaziy shifoxona hududidan dorixona qurish uchun yer ajratib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 50 ming dollar qo‘lga kiritib, yerning kadastr hujjatlari tayyor bo‘lganligini, uning nomiga rasmiylashtirish uchun yana 3 ming dollar kerakligini aytgan. 

U shundan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling