Toshkentda yer osti tunelidagi Gentra yonib ketdi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shimoliy vokzal oldidagi yer osti tunelida 26-iyun kuni soat 11:29 da Gentra yonib ketdi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 11:37 da yetib borib, soat 11:40 da o‘chirildi.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling