Sirdaryo viloyatining Shirin va Navoiy viloyatining Navoiy shahrida AQSHga fuqarolarni ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Shirin shahrida fuqaro F.R. fuqaro M.X.ning ishonchiga kirib, oʻzi va uning tanishini 38 migsh dollar evaziga AQSHga ishga yuborishi va viza olib berishini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 52 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Navoiy shahrida fuqaro M.A. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro L.Q.ning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali AQSHga ishga yuborishi evaziga 14 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.