Shayxontohur tumanining Shofayzi ko‘chasida harakat vaqtinchalik cheklanadi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi.
Maʼlum qilinishicha, bunga “Daryo Bo‘yi Business City” loyihasi doirasida Janggoh, Chuqurko‘prik va Zaxariq ochiq kollektorlarining yopilishi, shuningdek, avtomobil yo‘li, yashil hududlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi sabab bo‘ladi.
Shu bois ko‘cha 2025-yil 21-martdan 1-mayga qadar avtotransport harakati uchun yopiladi.
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.