Eldor Shomurodovning goli “Roma”ga g‘alaba keltirdi (video)

Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasidagi “Roma” - “Atletik” uchrashuvi o‘tkazildi.

Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasidagi “Roma” - “Atletik” uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim avvalida esa mehmonlar hujumchisi Inyaki Uilyams gol urib, hisobni ochdi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Anxelinyo hisobni tenglashtirdi.

71-daqiqada o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. U tushishi bilanoq sariq kartochka ishlab oldi.

Shunga qaramay hujumda faollik ko‘rsatdi. Bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Eldor gol urdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling