Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Shota Rustaveli ko‘chasida avtomashinalar harakati 31-avgustgacha cheklanadi

Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilgan.

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasida avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga ko‘chada olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari sabab bo‘ladi.

Shu bois Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidan (Birodarlik qabrlari yodgorligi) Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha ("Grand Mir" mehmonxonasi aylanasi) avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Cheklov 24-avgustdan 31-avgustgacha amal qiladi.

Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling