Shota Rustaveli ko‘chasidagi uchta avtobus yo‘nalishi harakati qayta tiklandi

12, 9T va 40-sonli avtobus yo‘nalishlari markaziy avtobus yo‘lagi orqali harakatni boshlaydi.

19-oktabrdan Shota Rustaveli ko‘chasidan o‘tuvchi yana uchta avtobus yo‘nalishi harakati qayta tiklandi. Bu haqda poytaxt transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, 12, 9T va 40-sonli avtobus yo‘nalishlari markaziy avtobus yo‘lagi orqali harakatni boshlaydi.

Ushbu yo‘lak orqali harakatlanayotgan avtobuslarga ustuvorlik berish lozimligi eslatib o‘tildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling