Shuhrat Boymuradov Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur tayinlov Sog‘liqni saqlash vazirligida soha vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda rasman e‘lon qilindi.
Prezident qaroriga muvofiq, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etildi. Yangi universitet tibbiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirishga ixtisoslashgan zamonaviy ta‘lim muassasasi hisoblanadi.
Universitet uchta tibbiyot oliy ta‘lim muassasasini birlashtirgan holda faoliyat yuritadi. Unda xalqaro talablarga javob beradigan ta‘lim muhiti, zamonaviy moddiy-texnika bazasi, ilg‘or boshqaruv tizimi, transformatsiya ofisi hamda xalqaro akkreditatsiyani amalga oshiruvchi milliy markaz tashkil etiladi.
Universitet boshqaruv tizimi rahbarlari yangilandi.