Markaziy bank bitta fuqaroga ajratiladigan kartalar sonini 20 tagacha chekladi

Cheklovlar chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga tadbiq etilmaydi

Markaziy bank tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JSHSHIRga) emissiya qilinadigan kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqildi.

Mazkur tartib ijrosi bo‘yicha tijorat banklariga dekabr oyida XFU xat yuborilgan. Tartib 2025-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar amal qilishi belgilangan.

Bunda kartalar soni virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Cheklovlar chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga tadbiq etilmaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling