Sirdaryoda qalbaki dollarlarni sotayotgan shaxslar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Sirdaryo viloyatida qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Sirdaryo viloyatida fuqaro E.B. (muqaddam sudlangan) va boshqalar fuqaro M.X.ga Oqoltin tumanidagi “Sardoba” YPX maskani oldida 100 dollarlik kupyuradagi qalbaki 1 600 dollarni 10,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling