Toshkentda faoliyat yurituvchi turistik firma ishchisi bo‘lgan 1997 y.t. shaxs Boyovut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroni Haj ziyoratiga yuborish evaziga 12,8 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur turfirmaning 1980 va 1994-yillarda tug‘ilgan 2 nafar xodimi ham fuqarolarning ishonchiga kirib, ziyoratga yuborish bahonasida ularning pullarini o‘zlashtirish mexanizmini joriy qilgani aniqlandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarning 2 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va ulardan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1986 y.t. shaxs Toshloq tumanida istiqomat qiluchi fuqaroni Hajga yuborish evaziga 11 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqa.