Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Sirdaryolik advokat pora olayotganda ushlandi

U gumonlanuvchi fuqaroning ishini sudda ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilgan.

Sirdaryo tumanidagi advokat jinoyat ishida gumonlanuvchi fuqaroni Xovosdagi hibsxonadan Sirdaryo tumaniga o‘tkazishni va ishni sudda ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilgan

Buning evaziga u 5500 dollar pul talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat 4500 dollar va 6 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Advokat jinoyat ishiga gumonlanuvchining huquqlarini himoya qilish maqsadida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling