Respublikada elektr toki bilan baliq ovlayotganlarga qarshi kuchaytirilgan reydlar o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.
Maʼlum qilinishicha, Sirdaryo tumani, “Sholikor" SIUda o‘tkazilgan reyd davomida Sirdaryo daryosining ushbu hududdan oqib o‘tuvchi qismida fuqarolar B.X. va N.A. tomonidan elektr qarmoq yordamida baliq ovlanganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlar turli xildagi jami 79 dona baliq hamda ov qurollarini o‘zlarining boshqaruvida bo‘lgan transport vositasiga ortib, Chinoz tumanida joylashgan “Shinoz baliq bozori”da sotmoqchi bo‘lganida to‘xtatib qolindi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlardan belgilangan tartibda tushuntirish xatlari olinib, tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Noqonuniy ovlangan baliqlar va ov qurollari holatga huquqiy baho berilgunga qadar, vaqtinchalik saqlash uchun olib qo‘yildi.
Shuningdek, huquqbuzarlikda foydalanilgan transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi. Noqonuniy baliq ovlash natijasida hayvonot dunyosiga 973 mln 125 ming so‘mni tashkil etdi.
Hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi.