Sirdaryoda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 3 kishi vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olindi.

Guliston shahar, Taraqqiyot MFYdagi ovqatlanish shaxobchasining oshxonasida 2-dekabr kuni soat 10:49 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in to‘liq bartaraf etildi. 

Viloyat IIB ham holat bo‘yicha maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olindi.

Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Kun.uz xabariga ko‘ra, gazballon portlashi oqibatida 3 kishi kasalxonada halok bo‘lgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling