Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidan o‘tuvchi yo‘lda 16-iyul kuni soat 17:10 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YPX xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi R.N o‘zining turmush o‘rtog‘i R.O. ga tegishli bo‘lgan Cobalt‘ni boshqarib ketayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urildi.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.