Toshkentda 1 va 2 xonali uylarda ijara narxlari tezroq arzonlashmoqda (tahlil)

4 xonali uylarniki Shayxontohur tumanidagi toʻliq taʼmirlangan “lyuks” toifadagi uylar ijarasi hisobiga biroz qimmatlashgan

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025-yilning mart oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.

2025-yilning yanvar-mart oylarida poytaxtda 1, 2 va 3 xonali turar joylarning oʻrtacha ijara narxlari oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan boʻlsa, 4 xonali uylarniki Shayxontohur tumanidagi toʻliq taʼmirlangan “lyuks” toifadagi uylar ijarasi hisobiga biroz qimmatlashgan.

Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi.

2025-yilning mart oyida oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari 2024-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada arzonlashdi:

  • 1 xonali: $296 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($356) nisbatan -16.6%);
  • 2 xonali: $379 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($396) nisbatan -4.6%);
  • 3 xonali: $454 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($467) nisbatan -2.9%)
  • 4 xonali: $521 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($538) nisbatan -4.7%).

Oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli tumani (1 xonali - $297, 2 xonali – $373, 3 xonali – $432, 4 xonali - $443);
  • Olmazor tumani (1 xonali – $287, 2 xonali – $347, 3 xonali – $408, 4 xonali – $474).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

  • Shayxontohur tumani (1 xonali – $345, 2 xonali – $462, 3 xonali – $582, 4 xonali – $617);
  • Yakkasaroy tumani (1 xonali – $381, 2 xonali – $528, 3 xonali – $616, 4 xonali – $700).

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi.

Joriy yilning mart oyida toʻliq taʼmirlangan 1, 2 va 3 xonali turar joylar uchun ijara narxlari ham oʻtgan yilning mart oyidagiga nisbatan arzonlashdi:

  • 1 xonali: $411 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($472) nisbatan -13,1%);
  • 2 xonali: $547 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($644) nisbatan -15,0%);
  • 3 xonali: $728 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($788) nisbatan -8.5%);

Mazkur davrda 4 xonali uylarning ijara narxi $957 ni (oʻtgan yilning mart oyida - $909) tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan 3,1 foiz qimmatlashdi.

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:

  • Sergeli tumani (1 xonali – $327, 2 xonali – $417, 3 xonali – $513, 4 xonali – $641);
  • Uchtepa tumani (1 xonali – $386, 2 xonali – $450, 3 xonali – $534, 4 xonali – $625).

Nisbatan qimmat ijara narxlari:

  • Mirobod tumani (1 xonali – $484, 2 xonali – $731, 3 xonali – $1027, 4 xonali – $1328);
  • Shayxontohur tumani (1 xonali – $521, 2 xonali – $732, 3 xonali – $1093, 4 xonali – $1381).
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling