Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi

Elchi mamlakat prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorlig‘ini topshirdi

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Slovakiyadagi (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri xabar berdi.

Elchi mamlakat prezidenti Peter Pellegriniga ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Bratislavadagi “Grassalkovichlar” saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdan so‘ng o‘tkazilgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichiga ko‘tarilayotganini taʼkidladi. 

Shuningdek, joriy yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda salmoqli qo‘shma tadbirlar belgilangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling