Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Samarqandda fuqaroni 7 ming dollar evaziga Slovakiyaga ishga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, “A.D.” xususiy korxonasi menejeri B.Sh. fuqarolar Sh.A. va L.I.ni Slovakiyaga ishga yuborishi uchun ishchi vizasini olib berishini aytgan. 

Fuqaro ulardan 7 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Jizzax viloyatida fuqaro B.B. ikki nafar fuqaroni AQSHga ishga yuborish uchun viza hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling